Kasbiy pedagogika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari metodik qo'llanma

Авторы

  • Odil Qo'ysinov Nordic International University

Ключевые слова:

kasb, mutaxassislik, ixtisoslik, muhandislik, kasb-hunar, loboratoriya, innovatsion faoliyat, kreativ

Аннотация

O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g`risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini yangi tipdagi ta`lim muassasi sifatidagi rivoji, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. Bu masalalarni hal etishda kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta`limini tashkil etish, ta`lim metodlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolmoqda. Kasb-hunar kollejlari tegishli davlat ta`lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi beruvchi o’quv muassasasi bo’lib, u o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni beradi. Kasb-hunar kollejlarining o’quv jarayoni ishlab chiqarish ta`limi, tarbiyaviy soatlar, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlaridan iborat bo’lib, ularning yahlit pedagogik jarayon sifatida takomillashtirilishi amaliy tajriba-sinov ishlari natijalariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayon kasb-hunar kollejlarida tegishli yo’nalishdagi mutaxassislik fanlarini o’qitish va ishlab chiqarish ta`limi (mutaxassislik fanlari bo’yicha laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, mashinalarni boshqarishga o’rgatish, o’quv va ishlab chiqarish amaliyoti) ni yuqori metodik saviyada o’tish orqali amalga oshiriladi. Mashg`ulotlarning qayd etilgan tashkiliy shakllari o’quvchilarni tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan kasbiy ta`lim natijasida nazariy bilim, ko’nikma va malakalar tizimi shakllantiriladi, ishlab chiqarish ta`limi jarayonida esa o’quvchilar asosan amaliy kasbiy ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Bu ikkala mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan kasb va malakaga ega bo’lgan kichik mutaxassisni tayyorlash ta`minlanadi. Ushbu metodik qo’llanmada kasb-ta`limi o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida laboratoriya mashg’ulotlari orqali talabalarni  kasbiy kompetetnligi shakllantiriladi.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1998. 63 b.

Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch. –T.: O’zbekiston, 2008. -173 b.

Avazboev O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta`limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, 1993.

Olimov Q. T. Kasb ta`limi uslubiyati. O’quv qo’llanma. –T.: 2006. 164 b.

Sharipov Sh. va b. Kasb ta`lim pedagogikasi (metodik qo’llanma). -T.:TDPU, 2006 y.

Nishonaliev U.N. Kasbiy ta`lim pedagogikasi. O’quv qo’llanma. –T.: TDPU, 2007y.

Abduqudusov O.A., Rashidov H.F Kasb-hunar pedagogikasi. O’quv-uslubiy qo’llanma-T.:2011

Avazboev O.I. Kasb ta`limi metodikasidan amaliy mashg’ulotlar. Metodik qo’llanma. –Toshkent: TDPU, 2007. 30 b.

Muslimov N.A., Qo’ysinov O.A. Kasb ta`limi o’qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta`limni tashkil etish. (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2006. 52 b.

Muslimov N.A., Sharipov SH.S. O’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim integratsiyasi. Kasb ta`lim metodikasi metodik qo’llanma. -T:TDPU, 2006. 48 b.

Sharipov SH. va b. Pedagogik amaliyot (metodik qo’llanma). -T.: TDPU, 2006. 34 b.

Sharipov SH., Abduraimov Sh. Kasb ta`limi metodikasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun metodik qo’llanma. -T: TDPU, 2007. 147 b.

Eldasheva G.V. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. – O’MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2006. 124 b.

Kurbanov SH.E., Saidov X., Axliddinov R. Barkamol avlod orzusi. -T.: SHark, 1998.-154 s.

Tolipov O’.Q., Barakaev M., Sharipov SH.S. Kasbiy pedagogika (ma`ruzalar matni). –T.: “Ofset-print” matbaasi, 2001. –100 b

Kurbanov SH.E., Seytxalilov E.A. Upravlenie kachestvom obrazovaniya. T.: Shark, 2004 g. (russk. yaz.), 2006 y. (o’zbek tilida).

Rashidov H.F. va boshqalar. “Kasbiy pedagogika” blokini o’qitish metodikasi. O’quv-uslubiy qo’llanma (Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun). –T.: O’MKHTTKMO va UQTI, 2007. – 200 b.

Abdiquddusov.O., Rashidov. H. Kasb-xunar ta`limi pedagogikasi.O’quv qo’llanma.. O’MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2009. 120 b.

Загрузки

Опубликован

2024-04-04

Выпуск

Раздел

Исследовательские статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 > >>