SHAXSNI O’RGANISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O’RNI

Авторы

  • Shokhrukh Shodiboev Nordic International University

Ключевые слова:

shaxs, ijtimoiy tarmoqlar, ektrovertlik, introvertlik, shaxs xususiyatlari, narsist

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarning inson shaxsiyatiga bo‘lgan ta’siri va ular bilan bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik turli psixologik tadqiqotlar asosida yoritib berilgan. Maqola uchta asosiy yo‘nalishda inson shaxsiyati va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganadi: odamlar ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy shaxsini aks ettiradimi, ijtimoiy tarmoqlar shaxsiyat xususiyatlarini o‘zgartirishi yoki shakllantirishi mumkinmi, va turli shaxsiy xususiyatlarga ega odamlar ijtimoiy tarmoqlardan turlicha foydalanadimi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda o‘z shaxsiyatini aniq ifodalashga harakat qilsa-da, ba’zilar o‘zlarini ideal obrazda ko‘rsatishga intiladilar. Shu bilan birga, introvert va ijtimoiy jihatdan noqulay shaxslar onlayn muhitda o‘zlarini qulayroq his qilishlari aniqlangan. Bunga onlayn anonimliqlik, vaqt cheklovlarining yo‘qligi, va jismoniy aloqa zaruriyati bo‘lmasligi kabi omillar sabab bo‘ladi. Maqolada shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini ifoda qilish odamning hayotiga, jumladan, ishga joylashish yoki ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir qilishi haqida ham muhokama qilingan.

Tadqiqotlar shuni ham ko‘rsatadiki, shaxsiyat xususiyatlari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uslubiga ta’sir qiladi. Ekstrovertlar va narsistlar faolroq va ochiqroq bo‘lsa, introvertlar va nevrotiklar esa onlayn anonimlikdan foydalanishga moyil. Shu bilan birga, ortiqcha ijtimoiy tarmoqlarni ishlatish ruhiy salomatlik, ijtimoiy munosabatlar va psixologik farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Библиографические ссылки

Arapbaeva, D. (2024). CHARACTERISTICS OF MATURITY IN MARRIAGE. Nordic_Press, 2(0002).

Yuldasheva, N. (2024). TRAINING CHILDREN’S ATTENTION BY PLAYING GAMESINTELLECTUAL: Uzbek national games, cognitive development, attention, development. Nordic_Press, 1(0001).

Lutfullayeva, N., 2024. Biznesda kreativ fikrlash. Nordic_Press, 2(0002).

Загрузки

Опубликован

2024-12-13

Выпуск

Раздел

Исследовательские статьи